Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxon ona” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.

“Yo’l xaritasiga” muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni deb belgilangan. Ushbu munosabat bilan joriy yilning 15-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva tomonidan “Ibratli ona” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatga kutubxonamizning doimiy kitobxonlaridan bo’lgan uy bekalari Atajanova Tolg’an, Allambergenova Rita, Asqarova Manzura opalar va kitobxon o’quvchilar tashrif buyurdilar.

Tashrif chog’ida Atajanova Tolg’an opa kitobxon oquvchilarga kitob – inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur ekanligi, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbailigi, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st ekanligi haqidagi ajoyib fikirlarini bildirib, o’zining sevib o’qigan M.Nizanovning «Qaraqalpaqlar» kitobidagi ma’lumottlarni aytib, qoraqalpoqlarning qadim zamondagi urf-odatlari, an’analari, kiyimlari uy-ruzg’or buyumlari, milliy taomlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarning yozilganligi haqida aytib berdi va ushbu kitobni o’qib ko’rishlarini tavsiya etdi.

Suhbat so’ngida, mehmonlarimizga kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib,  kitobxonlar ham o’zlari o’qigan sevimli kitoblari haqida aytib, suhbat yanada qiziqarli yakunlandi.