Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Axborot kutubxona markazi tomonidan Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-sonli maktabda “Abu Rayhon Beruniy birinchi boꞌlib insoniyat globusni yaratgan” mavzusida maktab oꞌquvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 20-sentyabr kuni 18-sonli maktabda Axborot kutubxona markazi tomonidan Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan “Abu Rayhon Beruniy birinchi boꞌlib insoniyat globusni yaratgan” mavzusida 10-11-sinf oꞌquvchilari bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.Davra suhbatida maktab oꞌquvchilaridan tashqari 18-sonli maktab maktab kutubxonachisi M.Matjanova qatnashdi.Davra suhbati davomida abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodidan va globus haqida uning yaratilish tarixi haqida maꞌlumotlar berib oꞌtdi. Sharqda dastlabki ilmiy Globusni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda yasagan . Abu Rayhon Beruniy astronomiyaga o’z hissasini qo’shganligi u davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi deya takidlab o’tdi. Oꞌquvchilar ham o’z fikr va mulohazalarini aytib o’tishdi.