Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Maktabgacha,maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 5-sonli maktabda “Kitob maꞌnaviy ozuqamiz” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan Maktabgacha,maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 5-sonli maktabda “Kitob maꞌnaviy ozuqamiz” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.Davra suhbatida 5-sonli maktab kutubxonachisi A.Janabaeva va 9-sinf oꞌquvchilari faol ishtirok etishdi. Davra suhbatida B.Yusupova oꞌz soꞌzida kitob haqida uning bizning hayotimizda tutgan oꞌrni haqida, kitob o`qimagan insonning ma`naviyati bo`lmaydi, dunyoqarashi past bo`ladi, olam sirlarini bilmoq istasak ko`p kitob o`qimoq kerak deya taꞌkidlab oꞌtdi. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”deya misollar aytib oꞌtdi.Maktab kutubxonachisi A.Janabaeva ham kitob haqida, maktab kutubxonasi va undagi kitoblar haqida aytib oꞌtdi va oꞌquvchilarni kitob oꞌqishga chorladi.Davra suhbati davomida maktab oꞌquvchilari oꞌzlari qiziqtirgan savollarga B.Yusupova tomonidan javoblar olishdi va taꞌsurotlari bilan boꞌlishishdi.