Joriy yilning 4-oktyabr kuni Axborot- kutubxona markaziga Taxiatosh tumani hokimligi tomonidan xodimlar tashrif buyurib mutaxassislar uchun davlat tilida ish yuritish boꞌyicha maꞌlumotlar berib oꞌtishdi. Bu yigꞌilishda Axborot kutubxona markazi xodimlari va Madaniyat va Maꞌrifat ishlari tuman boꞌlimi rahbari B.Palwaniyazovlar qatnashishdi. Bunga koꞌra Taxiatosh tumani “Nuroniy” jamgꞌarmasi tuman boꞌlimi mutaxassisi N.Ataniyazova tumanimizda davlat tilida ish yuritish masalasiga o‘ta jiddiy e’tibor qaratilishini, bugungi kunda har bir xat, ichki buyruq, xabarnomalar o‘zbek tilida va qoraqalpoq tilida, lotin alifbosida tayyorlanmoqda va so‘ralgan manzilga taqdim qilinmoqda deya taꞌkidlab oꞌtdi. Taxiatosh tumani hokimining maꞌnaviy-maꞌrifiy ishlari natijaliligini orttirish va til haqidagi qonun hujjatlariga amal etilishini taꞌminlash boꞌyicha maslahatchisi B.Perdebaeva ham oꞌz soꞌzida mutaxassisilarga hozirgi kunda tilimizni toꞌgꞌri talaffuz qilish hujjatlarni yozishda imlo xatolarga yoꞌl qoꞌymaslik haqida va davlat tilida ish yuritish qoꞌllanmalari haqida maꞌlumotlar berib oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы