Joriy yilning, 26-oktabr kuni maktabgacha va maktab boꞌlimiga qarashli 8-sonli maktabda Axborot kutubxona markazi Axborot-bibliografiya boꞌlimi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan “INFOLIB Oꞌzbekiston 2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida “Turkiy adabiyot durdonalari”dan Nizomiy Ganjaviy asari targꞌiboti boꞌyicha davra suhbati tashkillashtirildi.
D.Utemuratova O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Boku shahrida bo’lib o’tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a’zo davlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat «Turkiy adabiyot durdonalari» deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g’oyasini ilgari surganligini taꞌkidlab oꞌtdi va 8-sonli maktab 8-sinf o’quvchlariga «Turkiy adabiyot durdonalari» turkumi toꞌplamidagi “Nizomiy Ganjaviy” asari targꞌiboti davra suhbatini olib bordi.Nizomiyning hayoti haqida juda oz maʼlumot qolgan. Shoirning hayoti haqidagi yagona maʼlumot manbai uning asarlari boʻlib, bu asarlarda ham yetarlicha maʼlumot berilmaganligini, shuning uchun ham Nizomiyning ismi va hayoti haqida bir qancha afsonalar paydo boꞌlganligini, uning biografiyasiga taʼsir koʻrsatganligini, Ozarbayjonning faxri boʻlgan Nizomiy Ganjaviy oʻz vatani tuprogʻidagi koʻplab epizodlarning koʻchma maʼnoda oʻz asarlari qatiga singdirilganligini, misol uchun „Xamsa“ dostonlarida buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiyning Ozarbayjonda boʻlgan faoliyati haqidagi tasvirlar borligini , Makedonskiy hech qachon bu sarzaminda boʻlmaganligini taꞌkidlab oꞌtdi. Davra suhbati mazmunli va qiziqarli boꞌlib oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы