Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Inson baxtli yashashi kerak” mavzusida kitob koꞌrgazmasi va suhbat tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 25—oktabr kuni Axborot-kutubxona markazi tomonidan maktabgacha va maktab taꞌlim boꞌlimiga qarashli 8-sonli maktabda “Inson baxtli yashashi kerak” Oꞌktam Usmanovning 85-yilligi munosabati bilan koꞌrgazma va oꞌquvchilar bilan birgalikda suhbat tashkillashtirildi. Suhbatni Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish boꞌlimi rahbari A.Toꞌreniyazova 8-sinf oꞌquvchilari bilan birga olib bordi. A.Toꞌreniyazova oꞌz soꞌzida Oꞌktam Usmanov 1938-yilda Toshkent viloyatida tugꞌilganligini ,adib ijodining boshlanishi 50-yillarning soꞌngi, 60-yillarning boshlariga toꞌgꞌri kelishini, Oꞌktam Usmanovning birinchi hikoyalar toꞌplami 1964-yilda “Guldasta” nomi bilan chop etilganligini, Oꞌktam Usmanov ijodida “Girdob” romani alohida oꞌrin tutishini, Oꞌktam Usmanov T.Drayzerning “Amerika fojiasi” romanini, A.Shirvonzodaning “ Nomus” qissasi oꞌzbek tiliga tarjima qilinganligi haqida aytib oꞌtdi.Oꞌktam Usmanov hayoti va ijodi haqida birqancha maꞌlumotlarni aytib oꞌtdi. Suhbat qiziqarli va mazmunli boꞌlib oꞌtdi. A.Toꞌreniyazova tomonidan oꞌquvchilarning savollariga javoblar berildi.