O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023 yil 25 iyul kungi topshirig’iga asosan, “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” dasturi doirasida “Jonajon yurtim obodligiga o’z hissamni qo’shaman” shiori ostida 2023 yil 25 oktyabr kuni Taxiatosh tumani “Jayxun” mahallasi hududidagi 8-sonli umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi. Tadbirga “Nuroniy” jamg’armasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi raisi Tursinbay Abdijabbarov mehmonda bo’lishdi. Tadbirni tuman hokimi D.Kurbanov ochib erdi. Mehmonlar, tuman hokimligi hamda nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Nuroniylar” bog’iga yaxshi niyatlar bilan daraxt ko’chatlari ekildi. Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob ko’rgazmalari tashkillashtirildi, ko’rgazma davomida nuroniylar tomonidan kitoblarning naqadar axamiyat kasb etishini, xozirgi kunda yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishlari ortib kitobga bo’lgan talab oshib borayotganligini takidlab o’tishdi.

Milliyligimiz aks etgan buyumlar ko’rgazmasi barchada o’zgacha taassurot qoldirdi. Tumanimiz harbiy qism harbiy xizmatchilari xam ishtirok etdiMa’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi xodimlari hamda tuman madaniyat bo’limi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yig’ilganlar e’tiboriga havola etilib, jo’shqin kuy- qo’shiqlar barchaga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbirdan so’ng bayram dasturxoni yozildi.
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы