Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“INFOLIB Oꞌzbekiston 2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida “Turkiy adabiyot durdonalari” targꞌiboti boꞌyicha kitob koꞌrgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 26-oktabr kuni Axborot kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan “INFOLIB Oꞌzbekiston 2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida “Turkiy adabiyot durdonalari” targꞌiboti boꞌyicha kitob koꞌrgazmasi tashkillashtirildi. Kitob koꞌrgazmasida Taxiatosh pedagogika kolledji talabalari qatnashishdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2019-yil 15-oktabr kuni Boku shahrida bo’lib o’tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a’zo davlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat «Turkiy adabiyot durdonalari» deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g’oyasini ilgari surganligini va bu tashabbusni Oꞌzbekiston Respublikasi birinchi qoꞌlga olganligi haqida A.Toꞌreniyazova tomonidan aytib oꞌtildi. A.Toꞌreniyazova koꞌrgazma davomida kitob toꞌplamlaridagi kitoblar haqida maꞌlumotlar berib oꞌtdi.Kitob koꞌrgazmadan tashqari kutubxonadagi kitoblar haqida ham aytib oꞌtdi.Talabalar turkiy adabiyotlari haqida savollariga A.Toꞌreniyazova tomonidan javoblar olishdi.