Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Axborot –kutubxona markazida “Tanishing! Yangi adabiyotlar” mavzusida kitob koꞌrgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26-oktabr kuni Axborot-kutubxona markazida abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan “Tanishing! Yangi adabiyotlar” mavzusida kitob koꞌrgazmasi tashkillashtirildi. Kitob koꞌrgazmasida Taxiatosh pedagogika kolledji yoshlar yetakchisi Y.Orazimbetova va kolladj talabalari qatnashishdi.Koꞌrgazma davomida yangidan kelgan adabiyotlarni mutaxassisimiz tanishtirdi va kutubxona haqida maꞌlumotlar berib oꞌtdi.B.Yusupova oꞌz soꞌzida hozirgi kunda kitobning qanchalar ahamiyatli ekanligini,hozirgi kelajak yoshlar qoꞌlida ekanligini , kitobga boꞌlgan talabning ortib boroyotganligi haqida aytib oꞌtdi.Talabalar kutubxona haqida kitoblar haqida oꞌzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisimiz tomonidan javoblar olishdi.