“INFOLIB Oꞌzbekiston 2023” XII Milliy axborot kutubxona haftaligi doirasida qishloq xo’jaligi sohasiga oid kitoblar bilan tanishtirildi.
Joriy yilning 26-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Kasb-hunar maktabi va tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda kitobxon o’quvchi yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvga, kasb–hunar maktabi kutubxonachisi M. Babajanova, tadbirkorlik fani o’qituvchisi R.Abdimuratova va axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirovlar ishtirok etdi. M.Babajanova, bugungi kunda yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganligi takidlab o’tildi. Shuning bilan birga, M.Kadirov tomonidan qishloq sahosiga doir kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilayotganligi, 100 kitob to’plamnan iborat bo’lgan kitobda asosan, meva-sabzavot va poliz ekinlarini asosiy hamda takroriy ekish muddatida etishtirish, issiqxonalarda maxsulot ishlab chiqarish, g’allachilik, don va dukkakli ekinlar, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilg’or tajribalariga oid keng qamrovli ilmiy va amaliy ma’lumotlar berilganligi aytib o’tildi. R.Abdimuratova tomonidan, ushbu kitoblar asosan, dexqonlar, chorvadorlar va tadbirkorlarimiz uchun foydali ekanligi, bu borada yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, aynan ushbu kitoblarni o’kish orqali o’zin-o’zi bant qilishda eng yaxshi kasblardan ekanligi aytib o’tildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы