2023-yil 26-oktyabr kuni, “INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ozbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazrligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-sinf o’quvchilari ishtirokida «Zakovat» intellektual o’yini tashkillashtirildi.
“Zakovat” intellektual o’yinini o’tkazishdan maqsad maktab kitobxonlarini birlashtirish ularning intellektual salohiyatini oshirish, ko’proq izlanishga, kitoblar o’qishiga, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalanishiga qaratilgan.
Zakovat o’yini Axborot-kutubxona mutaxassislari A.Tureniyazova, J.Kadirbaeva va B.Yusupova tomonidan baholanib borildi va ular tomonidan ishtirokchilar uchun zakovat o’yining shartlari va qoidalari tushuntirilib o’tildi. O’quvchilar 3ta guruh bo’lib, ular «Kelajak yoshlari», «Winners» va «Ravenklo» jamolari bo’lib, intellektual o’yinida o’zlarining bilimdonligi, chaqqonligi va topqirliklarini ko’rsatib o’tdi. Axborot-kutubxona mutaxassisi A.Vaysova tomonidan zakovat savollari o’qib eshitirildi.



O’yin ishtirokchilari faol qatnashib: «Ravenklo» jamoasi 1-o’rinni, «Kelajak yoshlari» jamoasi 2-o’rinni, «Winners» jamoasi 3-o’rinni eggalladi.
O’yin yakunida hay’at a’zolari tomonidan jamoa ishtirokchilariga, maktab kutubxonachisi D.Xalbaevaga minnatdorchilik bildirib o’tildi.



Undan so’ng, “INFOLIB O’zbekiston – 2023” XII milliy Axborot-kutubxona haftaligining yakunlash marosimi bo’lib o’tdi.
Bunda, “INFOLIB O’zbekiston-2023” XII milliy Axborot-kutubxona haftaligi doiriasida tashkillashtirilgan tadbirlarda yaqindan yordam bergan tuman hokimligiga, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limiga, Taxiatosh tumani harbiy qismga, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli maktab kutubxonachilariga va Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktabi, Kasb-hunar maktabi kutubxonachilari, o’qituvchi va o’quvchilariga, o’zlarining ijodlari bilan ishtirok etgan mehmonlarga, Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlariga Axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Shu o’rinda “INFOLIB O’zbekiston-2023” XII milliy Axborot-kutubxona haftaligi doiriasida tashkillashtirilgan «Zakovat» intellektual o’yini jamoalari Axborot-kutubxona markazi tomonidan 1,2,3-darajali diplom bilan taqdirlandi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы