Joriy yilning 13-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan Taxiatosh pedagogika kolledjida kolledj talabalari bilan birgalikda jahon adabiyoti yozuvchisi Isay Kalashnikovning “Shavfqatsiz asr” kitobiga kitob taqdimoti tashkillashtirildi. B.Yusupova oꞌz soꞌzida Isay Kalashnikovning hayoti va ijodi haqida aytib oꞌtdi,unga koꞌra Isay Kalistratovich Kalashnikov 1931- yil 9 avgustda Buryatiya Respublikasi (Rossiya) Muxorshibir tumanidagi Sharalday qishlog‘ida tavallud topganini, u yoshligidanoq og‘ir mehnat bilan shug‘ullanganligini, uning birinchi hikoyasi «Sashka» «Buryat-mo‘g‘ul haqiqati» gazetasida nashr etilganligini, 1978 yil adibning mashhur «Shafqatsiz asr» romani yaratilganligini taꞌkidlab oꞌtdi. Soꞌng B.Yusupova Isay Kalashnikov «Shafqatsiz asr» romani tarixdagi katta shaxslardan biri Chingizxonning tug’ilishidan o’limiga qadar butun hayotini tasvirlaydiganligini, uning shaxsiyatini ochib berishini, mo’g’ullarning turmush tarzini, o’sha davrdagi siyosiy vaziyat haqida yaxshi ma’lumot bera oladi deya kitob mazmunini haqida maꞌlumot berdi.Kitob taqdimoti davomida talabalar taqdimotga oid savollarga javoblar olishdi,taqdimot qiziarli boꞌlib oꞌtdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы