Joriy yilning 30-oktyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 1-sonli maktabgacha va maktab taꞌlimi maktab kutubxonasida «Tabiyat – yer yuzidagi jamiyki tirikchilik uchun qadrli maskan» mavzusida tabiyat haqida davra suhbati boꞌlib oꞌtdi. Davra suhbatida tabiyatimizdagi jamiyki jonivorlar, qushlar va tabiat hodisalari haqida suhbatlashildi. Davra suhbatida 1-sonli maktab kutubxonachisi Y.Abdisadikova «Оꞌsimliklar olamiga sayohat» kitobidan qiziqarli faktlar aytib oꞌtdi, maktabning 2-3-sinf oꞌquvchilari oꞌsimliklarning millionlab har-hil turlari mavjudligi haqida aytib oꞌtdi. 3-sinf oꞌquvchisi SH.Rejepova va 2-sinf oꞌquvchisi B.Bazarbaevlar tomonidan oꞌzlarining tabiat va qushlar haqidagi tushunchalarini aytib berishdi. Suhbatimiz davomida oꞌquvchilar tabiat haqidagi savollariga javoblar oldi va suhbat kechamiz qiziqarli va mazmunli yakunlandi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы