Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Bir asar  tarixi” mavzusida kitob taqdimoti  tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 18-sonli maktabda “Bir asar tarixi” shiori doirasida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher  Navoiyning “Lison ut-tayr” kitobi taqdimoti tashkillashtirildi.

Kitob taqdimotida 18-sonli maktab kutubxonachisi M.Matjanova va 8-sinf oꞌquvchilari qatnashishdi. B.Yusupova tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi, dostonlari haqida maꞌlumotlar berilib oꞌtildi va «Lison ut-tayr» dostoni  mazmuni aytib berildi. Yaniy doston, Alisher Navoiyining oltinchi dostoni  boꞌlib Alisher Navoiy uni 57-58 yoshlarida yaratganligi, bu dostonda bir kuni guliston, boʻston, oʻrmon, dengiz va biyobon qushlari majlis tuzadiganligi, majlisda qushlar oʻrin topolmay, parokanda boʻlishi, shunda Hudhud ularga bir yoʻlboshchi kerak ekanligi, uning nomi Semurgʻ ekanligi haqida xabar qilishi, barcha qushlar Semurgʻ huzuriga yoʻl olishi, yoʻlda ular: Talab, Ishq, Maʼrifat, Istigʻno, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano vodiylarini bosib oʻtishi, bu vodiylarda ular turli hil qiyinchiliklarga duch kelishi, safar davomida turli hil qushlar, turli hil vaziyatlarda safarni tark etishi va halok boʻlishi, Yakunda Faqru Fano vodiysiga yetib kelgan 30 nafar qush oʻzlarining „Simurgʻ“ ekanligini anglab yetishi, o’lar fano yoʻlini bosib oʻtib, boqiylikka erishishi, har bir Vodiy bayonidan soʻng ibratli hikoyatlar keltirilganligi, asardagi eng uzun hikoyat „Shayx Sanʼon“ haqidagi hikoyat ekanligi aytib o’tildi.

Taqdimot soꞌngida oꞌquvchilar qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.