Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Odoblar durdonasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.  

Joriy yilning 6-noyabr kuni, «Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida o’tkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasi asosida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazning Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun «Taxiatosh» sanatorisida «Odoblar durdonasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.   Davra suhbatida sanatorida dam olayotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun din sohasiga oid adabiyotlar olib borildi. Sanatoriyda dam olayotgan nuroniylarni vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida N.Mamutova tomonidan Shaix Muxammad Sodiq Muxammad Yusufning “Tafsiri Xilol” va “Xadis va Xayot” va boshqa  kitoblari haqida qisqacha aytib o’tdi. «Taxiatosh» sanatorysida dam olayotgan Ellikqala tumanida yashovchi Eshjanov O’runboy ota “Tafsiri Xilol” kitobi haqida o’zining tushinganlarini aytib berdi va nuroniy ota va onaxonlarimizga ushbu kitoblarni oqib ko’rishni tavsiya etdi.

Davra suhbati davomida nuroniylarimiz o’zlari o’qigan kitoblaridagi odob-ahloq haqida o’z-aro fikr almashdi. Davra suhbati mazmunli bo’lib o’tdi.