Joriy yilning 7-noyabr kuni, «Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida o’tkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasi asosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan Taxiatosh pedagogika kolledjida “Bir adib haqida suhbat” mavzusida qoraqolpoq shoiri I.Yusupov hayoti va ijodi haqida davra suhbati boꞌlib oꞌtdi.
Davra suhbatida Taxiatosh pedagogika kolledji yoshlar yetakchisi Y.Orazimbetova va kolledj psixologi G.Arapbaeva , kolledj talabalari ishtirok etdi. B.Yusupova tomonidan qoraqolpoq shoiri I.Yusupov hayoti va ijodi haqida uning yozgan asarlari haqida aytib berdi, unga koꞌra 1929-yil 5-mayda Qoraqalpogʻistonning Azat qishlogʻida (hozirgi Chimboy tumani) tugʻilganligi, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni ,Qoraqalpoq pedagogika institutini tugatganligi, shu Institutda oʻqituvchi, „Amudaryo“ jurnali bosh muharriri ,N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy hodim, sektor mudiri, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, „Sovet Qoraqalpogʻistoni“ gazetasining bosh muharriri ,Qoraqalpogʻiston maʼnaviyat va maʼrifat markazining raisi boꞌlganligi, uning dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlaganligi, 30 dan ortiq sheʼriy va nasriy toʻplamlari borligi, „Qirq qiz“ (A. Shomuratov bilan hamkorlikda), „Aktrisaning iqboli“ , „Umirbek laqqi“ , „Mangu buloq“ dramalari, „Ajiniyoz“ librettosi muallifi ekanligi, Yusupovning „Kun chiqish yoʻlovchisiga“, „Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha“, „Qora tol“, „Turnalar“ va boshqalar sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalari ekanligi haqida aytib oꞌtdi. Shu bilan birga shoir I.Yusupov bir nechta ordenlar sohibi boꞌlganligi, Oꞌzbekiston qahramoni unvonini olgan deya taꞌkidlab oꞌtdi. Davra suhbati davomida talabalar oꞌzlarini qiziqtirgan savollarini berib fikr almashishdi, davra suhbati qiziqarli boꞌlib oꞌtdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы