Joriy yilning 7-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazida Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toꞌreniyazova tomonidan faol kitobxonlar bilan birgalikda “Qaraqalpaq folklori” 100 tomligini targꞌibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbati davomida A.Toꞌreniyazova oꞌz soꞌzida Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari bu epos yoki epos she’rlar (dostonlar) hisoblanishini, ushbu janrdagi ijod namunalari besh mingdan ortiq bo’lib, ular o’z ichiga: qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, ertak-roman va boshqa turdagi dostonlarnio’z ichiga olishini, ular dostonchi-qo’shiqchilar- baxshi va jiraular tomonidan, musiqiy asboblar-qobiz va dutor jo’rligida ijro etilishini, folklor san’atida muhim o’rinni XI-XVIII asrlardagi ijod namunalari: Sharyar, Qoblan, Yedige, Yer Shora, Alpomish, Qurbonbek, Yer Ziyor, Qirq qiz va boshqalar tashkil etishini, Alpomish qahramonlik dostonida asosiy g’oya buzilib ketgan qabilalarning birlashishi, do’stlik, vatanparvarlik hisoblanishini aytib oꞌtdi va yana Qoraqalpoq madaniyatining ko’zga ko’ringan yodgorligi va durdonasi hisoblangan Qirq qiz dostoni tashqi bosqinchilarga qarshi kurashgan ayol himoyachilar va erkak qahramonlar haqida hikoya qilishini aytib oꞌtdi. Suhbat so’ngida faol kitobxonlar qiziqtirgan savollarga javoblar oldi va suhbat haqida o’zlarining fikrlarini bildirib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы