Joriy yilning 10-noyabr kuni, Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi tomonidan «Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasining yakunlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kechada tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Tadbirda yig’ilganlarning barchasi kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.
Tuman hokimligi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi tomonidan «Biz bir boʻlsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilayotgan «Ma’naviyat marafoni» loyihasiga faol ishtirok etgan maktabgacha va maktab taꞌlimiga qarashli maktablar va tashkilotlar, shu qatorda Axborot-kutubxona markazi ham «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandi. Tadbir so‘ngida 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining bolalari tomonidan kontsert dasturi taqdim etildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы