Joriy yilning 16-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva tomonidan Maktabgacha va maktab taꞌlim boꞌlimiga qarashli 10-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddasdir-Vatan bayrogꞌi” shiori ostida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida 10-sonli maktab kutubxonachisi A.Xudaybergenova va maktabning 7-sinf oꞌquvchilari qatnashdi. M.Xojantaeva oꞌz soꞌzida, Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiya O‘zbekiston xalqining shon-shuhratini, g‘ururini, tarixiy xotirasini, intilishlarini o‘zida mujassamlashtirishini, mana shu ramzlarni e’zozlash o‘zining qadr-qimmatini, o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash deya aytib oꞌtdi. Dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrog‘idek tanita olmasligini, Davlat bayrog‘ini – mustaqillik ramzi, istiqlol va ozodlik, obod va farovon hayot ramzi, shu muqaddas vatanda yashayotgan har bir fuqaroning qalb ramzi deb e’tirof etish zarur deya taꞌkidlab oꞌtdi.
Tadbirda M.Xojantaeva oꞌquvchilar tomonida berilgan savollarga javoblar berdi. Davra suhbati sermazmun va qiziqarli tarzda o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы