Joriy yilning 17-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan oilalarda kitobxonlikni targ’ib qilish orqali farzandlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ma’naviy taxdidlarga nisbatan sog’lom immunitetni rivojlantirish maqsadida Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan Axborot-kutubxonasi markazining doimiy kitobxonlari Taxiatosh tumani «Shamshiroq» mahalla fuqoralar yig’inida istiqomad qiluvchi Raximovlar oilasi “Eng kitobxon oila” sifatida uylariga tashrif uyushtirilib, ular bilan birgalikda suhbat o‘tkazildi.
Suhbatda A.Raximov va uning rafiqasi, farzandlari bo‘sh paytlarida kutubxonaga kelib, kitoblardan o‘qib foydalanishi, shu kunga qadar o‘qigan kitoblari, qiziqqan asarlari haqida aytib berdi. Ularning oilasini o‘qimishli, ibratli oila sifatida ko‘rsatish mumkun, ya’niy oila egalari ta’lim sohalarda ish faoliyatini olib boradi, farzandlari oliy ta’lim muassasasi talabalari, oilada ota-ona kitob o‘qisa, ularga qarab farzandlari ham kitob o‘qishga qiziqadi shu bois, oilaning barcha a’zolari kitob o‘qib, kutubxonadagi tadbirlarda faol ishtirok etadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы