Joriy yilning 21-noyabr kuni, Taxiatosh tumani «Sarayko‘l» OFYda Samarqand Davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi, tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi. «Zakovat» intellektual o‘yini Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 20, 21, 23-sonli maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Samarqand Davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fаkulteti dekani A.Kaniyazov, Yoshlar bilan ishlashish, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Seytkamalov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi rahbari B.Palwaniyazovlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilayotgan tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Undan so‘ng, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova tomonidan «Zakovat» intellektual o‘yini olib borildi. Shuning bilan birga, Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Tashrif buyurganlar va ishtirokchilar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.
«Zakovat» intellektual o‘yinida «Renessans» komandasi 1-o‘rinni, «Yangi avlod» komandasi 2-o‘rinni, «Bilimdonlar» komandasi 3-o‘rinni egalladi va Samarqand Davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali, Yoshlar bilan ishlashish, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan Diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы