Joriy yilning 22-noyabr kuni, Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 5-sonli maktabda Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan “Qalblarga muhrlangan siymo” mavzusida taniqli qirgꞌiz yozuvchisi Ch.Aytmatovning asaridan kvest oꞌyini tashkillashtirildi. Kvest oꞌyinida 5-sonli maktabning 9a va 9b-sinf oꞌquvchilari ishtirok etdi. Maktabning maꞌnaviyat va maꞌrifat ishlari boꞌyicha direktor oꞌrinbosori S.Orazbaeva va maktab kutubxonachisi A.Janabaevalar hayaꞌt aꞌzolari sifatida ishtirokchilarni baxolab bordi.
Kvest o’yini davomida B.Yusupova tomonidan savollar oꞌqib eshittirildi. Oꞌyin yakunlangach, CH.Aytmatov hayoti va ijodi, asarlari haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi. O‘quvchilarning tavsiyasiga ko‘ra, keyingi oꞌyinga A.Qahhorning “Oꞌtmishdan ertaklar” kitobidan qo‘yilishi aytib o‘tildi. Oꞌyin juda qiziqarli va maroqli boꞌlib oꞌtdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы