Joriy yilning 23-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Axborot -bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan Maktabgacha va maktab taꞌlimi boꞌlimiga qarashli 20-sonli maktabda “Kitob-yoshlar qanoti” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatida 20-sonli maktabning 7-sinf oꞌquvchilari va maktab oꞌqituvchisi G.Kerimova ishtirok etdi.
D.Utemuratova tomonidan soꞌnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koꞌp bora taʼkidlanishini, amalga oshirilayotgan maꞌnaviy-maꞌrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytib oꞌtildi. Shuning bilan birga, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maꞌnaviyat sarchashmasi ekanligi, shuning uchun har doim kitob oʻqish kerakligi aytib oꞌtildi. Suhbat davomida oꞌquvchilar oꞌzlarini qiziqtirgan savollariga D.Utemuratova tomonidan javoblar oldi va kitoblar ko‘rgazmasidagi kitoblar bilan tanishdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы