Joriy yilning 28-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi bilan birgalikda 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuniga 34 yil to‘lishi munosabati bilan «Til bilgan – el biladi» mavzusida badiiy musiqali kecha tashkillashtirildi.
Bayram kechasiga «O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni soxibi U.Baymuratova, shoira G.Jalimbetova, 1-sonli va 4-sonli maktablar, «Barkamol avlod» maktabining o‘quvchilari va kitobxonlar ishtirok etdi. Kechani Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Kecha mehmonlari U.Baymuratova, G.Jalimbetovalar o‘zlarining ajoyib fikrlarini bildirib, bayram bilan tabriklab o‘tdi. Undan so‘ng,1-sonli va 4-sonli maktabning o‘quvchilari tomonidan she’rlar aytilib, «Barkamol avlod» maktabining o‘quvchilari tomonidan raqslar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Kecha davomida tuman harbiy qism vakili E.Kashkinbaev bugungi siyosiy bayram bilan tabriklab, o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы