Joriy yilning 27-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tamonidan «Barkamol ovlod» bolalar maktabida bolalar adabiyotlari bo‘yicha kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmaga «Barkamol ovlod» bolalar maktabining «Russ tili» guruhi bolalari va guruh rahbari E.Klochkova, metadisti M.Masharipovalar ishtirok etdi.
Bolalarni qiziqtirish ularni kitobga jalb qilish maqsatida N.Mamutova tomonidan, O‘zbek xalq ertaklaridan «Ajdar qushi», «Uch sayyohning safari» jahon adabiyotidan Karlo Kalodining va «Pinokioning boshidan kechirganlari» va boshqa ertak kitoblari va undagi qahramon, qiziqarli voqealar haqida aytib o‘tdi. Shuning bilan birga, bolalarning ma’naviyatini yuksaltirish, qalblarida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi kitoblarning badiiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati xususida ham aytib o‘tdi. Undan so‘ng, bolalar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы