Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

8-dekarb O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Taxiatosh Pedagogika kolleji talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 5-dekabr kuni, Taxiatosh Pedagogika kollejida Axborot-kutubxona markazi tomonidan 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi va kollej talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi. Bundan maqsad, kelajagimiz yoshlari konstitutsiyamizning qonun, qoidalari, huquq va erkinliklari haqida ma’lumot olishlari, shuning bilan birga, fikr-muloxazalarini to‘liq etkazib berish, ko‘proq ilim izlanishlariga talpinishi, shu sababli kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkillashtirildi.

 

Kollejning ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direkto‘r o‘rinbosari D.Sa’dullaeva ochib berish uchun so‘z navbatida o‘quvchilarga konstiutsiyamiz haqida ma’lumotlar berdi va ishtirokchilarga omad tilab qoldi. Undan so‘ng, konstitutsiya bayrami munosabati bilan O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikalari Gimni qo‘yib berildi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova tomonidan o‘yin shartlari tushuntirilib, savollar o‘qib eshittirildi. Kollej talabalari «Algoritm», «Renessans», «Liderlar», «Turon», «Everest», «Zukkolar», «Al-Fraganus» jamoalari bo‘lib ishtirok etdi.  Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova va kollej o‘qituvchisi Sh.Sarieva hay’at a’zolari sifatida ishtirokchilarning to‘plagan ballarini hisoblab bordi. O‘yin yakunida, kollej bo‘lim rahbari Z.Matyakubova tomonidan g’oliblar elon qilindi, bunda, «Liderlar» jamoasi 1-o‘rinni, «Everest» jamoasi 2-o‘rinni, «Al-Fraganus» jamosi 3-o‘rinni egalladi va kollej nomidan «Fahriy yorliqlar» va estalik sovg’alari topshirildi.