Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi munosabati bilan tumandagi 99651-sonli harbiy qismida «Zakovat» intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni, Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani 99651-sonli harbiy qismi bilan hamkorlikda 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to’lishi munosabati bilan «Zakovat-intelektual o’yini» tashkillashtirildi. Zakovat o’yinini Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova olib borildi. Bellashuvni 99661-sonli harbiy qism komandiri o’rinbosari mayor S.Xudoyarov o’z so’zi bilan ochib berdi. Hay’at a’zolari sifatida  Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova, 99651-qism komandiri o’rinbosari mayor S.Xudoyarov va Katta serjant O.Sultanovlar qatnashishdi.Zakovat intelektual o’yinida «Yetakchi»,»Taxiatosh» va «Amir Temur izdoshlari» jamoalari o’z aro bellashdilar. Hakamlar hay’ati baholash natijasiga ko’ra to’plangan ballar e’lon qilinib, birinshi o’rinni «Amir Temur izdoshlari» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Yetakchi» jamoasi va uchunchi o’rinni «Taxiatosh» jamoasi belgilanga o’rinlarni egalladilar va tanlov oxirida diplom bilan taqdirlandi.Shuning bilan birga Zakovat inteletual o’yinini tashkil etish va o’yinni faol va mazmunli olib borganligi uchun 99651-harbiy qism tomonidan Axborot-kutubxona markazi hodimlari minnatdorchilik xati bilan taqdirlanishdi.