Joriy yilning 12-dekabr kuni, Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 10-sonli maktabda Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova tomonidan «Kitob-kelajagimiz poydevori» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida 10-sonli maktab kutubxonachisi A.Xudoybergenova va maktab o’quvchilari ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida D.Utemuratova tomonidan maktab o’quvchilariga hozirgi kunda kitoblarning ahamiyati kelajagimiz poydevori ekanligi haqida, kitob orqali biz buyuk ishlarni amalga oshirishimiz, fikrlashimizning kengayishi va kitobning foydali tomonlari haqida aytib o’tdi. Shu bilan birga maktab o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga D.Utemuratova tomonidan javoblar olishdi. Davra suhbati mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы