Joriy yilning15-dekabr kuni, Axborot-kutubxona markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 3-sonli maktabda Qoraqalpog’iston Respublikasi bayrog’ining qabul qilinganligiga 31-yil to’lishi munosabati bilan “Balentte jelbire mudam bayrag’im” mavzusida suhbat kechasi tashkillashtirildi. Uchrashuv kechasini Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Suhbatda Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova, 3-sonli maktabning matematika fani o’qituvchisi O.Pirmanova, 3-sonli maktab kutubxonachilari A.Aymanova, G.Utemuratovlar va 8-9-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova o’z so’zida davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanalishi, u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsoli ekanligini aytib o‘tdi. Maktab o’quvchilari A.Bekniyazova, A.Eshimbetova, D.Baxtiyarova bayroq haqida she’rlar aytdi va bayroqning ranglarini mazmunli ifodalab berdi. Kechamiz davomida savol-javoblar o’tkazildi va o’quvchilarga bayroq haqida ma’lumotlar o’qib berildi, kecha mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы