Joriy yilning 22-dekabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazrligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan ushbu maktabning iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilim salohiyatini oshirish, ularni intellektual o’yinlarga keng jalb qilish maqsadida kitobxon yoshlari o’rtasida tarixiy va mantiqiy mavzudagi savol-javoblardan iborat “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. Bunda ixtisoslashtirilgan maktabning 8-9sinf o’quvchilaridan “Kelejak yoshlari”, “Stars” va “Benjamin Franklin” jamoalari o’z-aro bellashdilar.
“Zakovat” intellektual o’yinidagi ishtirokchi jamoalar bellashuvini Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova va Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisi D.Xalbaeva baholab bordilar. Jami 20 ta savol tuzilib, ulardan “Stars” jamoasi 1-o’rinni, “Kelejak yoshlari” jamoasi va “Benjamin Franklin” jamosi teng ball to’plab 2-o’rinni egalladilar.“Zakovat” intellektual o’yini qiziqarli va mazmunli o’tdi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы