Joriy yilning 13-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «14-yanvar – Vatan himoyichilari kuni» munosabati bilan “Milliy armiyamiz-millat g’ururi” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. 1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtimizdagi har bir farzandning vazifasidir. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Kitob ko’rgazmasini tashkillashtirishda markazimiz kitoblaridan foydalanildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы