Joriy yilning 9-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan o‘zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag’ishlab tumandagi 3-sonli maktab kutubxonasida “Navoiyni anglash – saodatdir” mavzusida badiiy kecha va kitoblar ko‘rgazmasi ashkillashtirildi.

Kechamizga maktabning o‘zbek tili fani o’qituvchilari Z.Erimbetova, K.Kazakbaeva va maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbasari N.Babajanovalar ishtirok etdi. Maktabning 7-8-11 sinf o’quvchilari Alisher Navoyining g’azallari va ruboyilari, dostonlaridan parchalar aytib, hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar aytib, saxna ko’rinishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Tadbir so‘ngida maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbasari N.Babajanova tadbir haqida fikr bildirib, o‘quvchilar Alisher Navoiy bobomizning g’azal va ruboyilarini yod olganlari, saxna ko‘rinishlarini maromiga etkazib ko‘rsatib berganliklari va tashkillashtiruvchilarga o‘z minnaddorchiligini bildirib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы