Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Men sevgan asar” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni, Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi va tuman Pedagogika kolleji oʻquvchilari oʻrtasida “Men sevgan asar” mavzusida ko’rik-tanlov bo‘lib o’tdi.

Tanlovni kasb-hunar maktabi yoshlar bilan ishlashish bo’yicha direktor o’rinbosari M.Djandullaeva ochib berdi. Tanlovda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi mutaxassisi G.Reymova, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova  va Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratovalar  hakamlik qilib baholab bordi.

Tanlov uchta shartdan iborat bo’lib,  ishtirokchilar Ch.Aytmatovning “Jamila” qissasi va adiblarining eng sara asarlaridan parchalar ijro etdi. Mumtoz g’azal va kuylar yoshlarni adabiyotning sehrli olamiga oshno etdi.

Tanlov so’nggida  g’olib bo’lgan o’quvchilar “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.