Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xalqaro miqyosida tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning etibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo’yildi. Birinchi Prezidentimiz o’zining butun umri va xizmati davomida “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Elim va yurtim deb yonib yashash kerak” degan katta ideyalarni olg’a qo’yib kelajak avlod uchun ibrat maktabin yaratdi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-yanvar kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati мutaxassisi N.Mamutova tomonidan 30-yanvar Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 86 yilligiga bagishlab «Xalqi bilan birga mangu yashaydi» mavzusida xotira kechasi bo’lib o’tdi.
Kechaga tumanimizdagi 1-sonli maktabning faol kitobxon o’quvchilari qatnashdi. Ular o’zlarining birinchi Prezidentimizga atab aytilgan she’rlari va Prezidentimizning bosib o’tgan umri, hayot yo’llaridan ma’lumotlar aytib o’tdi. 1-sonli maktabning kutubxonachisi R.Qutlimuratova tomonidan Prezidentimizning kitoblari haqida ma’lumotlar aytilib o’tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы