Joriy yilning 30-yanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazining Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova tomonidan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, kitob o’qishga qiziqtirish va iqtidorli yoshlarining mantiqiy bilim salohiyatini oshirish, ularni intellektual o’yinlarga keng jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab talimi bo’limiga qarashli 7-sonli maktabining kitobxon yoshlari o’rtasida tarixiy va mantiqiy mavzudagi savol-javoblardan iborat “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi.

Bunda, 7-sonli maktabning 7-8-sinf o’quvchilaridan tarkib topgan “Jayhun ”, “Epshiller” va “Young boys”, “Dream” jamoalari ishtirok etdi.
“Zakovat” intellektual o’yinidagi ishtirokchi jamoalar ballarini Axborot-kutubxona markazi Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova, Taxiatosh tumani 7-sonli maktab kutubxonachisi K.Soegbaeva baholab bordilar. “Zakovat” intellektual o’yini jami 20 ta savoldan iborat bo’lib, ishtirokchi jamoalarning to’plagan ballariga ko’ra, “Jayhun” jamoasi 1-o’rinni, “Young boys” jamoasi 2-o’rinni, “Dream” va “Epshiller” jamolari teng ball to’plab 3-o’rinni egalladilar.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы