Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi

Joriy yilning 9-fevral kuni, Taxiatosh tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-fevral “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni» munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir kechasi bo‘lib o‘tdi. Bunda, tuman hokimligi, tuman kasaba uyushmasi, Axborot-kutubxona markazi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishtirok etdi.

Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan ilm-fan sohasidagi ayol-qizlarning o‘rni haqida ma’lumotlar aytilib, saxna ko‘rinishlari ko‘rsatildi va kontsert dasturi qo‘yib berildi.

Tadbir so‘ngida tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.