Joriy yilning 13-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati B.Yusupova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 3-sonli maktabga tashrif uyushtirildi. Tashrifdan maqsad yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy fikrlash qobiliyatini oshirish, yoshlarni kitobga jalb qilishdan iborat edi. Tashrif chog’ida O’zbek yozuvchisi KSindarovning “Temuriylar kutubxonasi siri” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
B.Yusupova tomonidan Komil Sindarov 1960-yili Samarqandda dunyoga kelgani, hozirgi kunda o’nlab detektiv qissalar muallifi va Sudyalar oliy maktabi direktor o’rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgani, u kitoblarini ko’rgan bilgan voqealari asosida yaratgani, “Temuriylar kutubxonasining siri” kitobi aynan tarixning bizga ma’lum bo’lgan, ammo haligacha ochilmagan sir-sinoati haqida, Bashir qishlog’idagi oddiy cho’ponni o’ldirilib ketish voqeasi, tergovchilarning uddaburonligi va bu jinoyat ortidan yana boshqa jinoyatlarning ochilishi, asarni o‘qisangiz odamni o’ziga benihoya jalb qilishi haqida aytib o‘tdi.
Suhbat so‘ngida o‘quvchilar qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы