Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan rasm chizish tanlovi tashkillashtirildi

Joriy yilning 16-fevral kuni, Taxiatosh tumani 7-sonli bolalar musiqa va sa’nat maktabida Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburning tavalludiga 541 yil” to’lishi munosabati bilan rasm chizish tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlov Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan olib borildi. Tanlovda 7-sonli  bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari ishtirok etdi. Barcha o‘quvchilar rasm chizish orqali o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsatdi. O‘quvchilarning chizgan rasmlari chiroyli va rang-barang bo‘lgan.

Tanlov yakunida chizgan rasmlari bilan I o’rinni F.Kurbaniyazova, II o’rinni L.Pak  va III o’rinni  Sh.Kurbaniyazovalar egallashdi va Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.