Joriy yilning 29-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan taniqli va iqtidorli o’zberk shoirasi, yorqin rassom, oddiy inson qalbini o’tkir his qilgan –mehnatkash, sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardanavor kurashgan ayol Zulfiya Isroilovaning 109 yilligiga bag’ishlab 4-sonli maktab kutubxonasida “Zebi zamona Zulfiyaxonim” mavzusida badiiy kecha tashkillashtirildi.

Kechaga maktabning o‘zbek tili fani o’qituvchilari G.Bekbaulieva, U.Shukurlaeva va maktab kutubxonachilari A.Xasanova, A.Radjepovalar va maktabning 6-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.
N.Mamutova tomonidan shoira Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
O‘quvchilar tomonidan Zulfiya Isroilovaning she’rlari aytilib, qizlar tomonidan “Bahor” qo’shig’iga raqslar namoyish etildi.
Kecha davomida maktab kutubxonachisi A.Xasanova Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi bag’ishlangan prezentatsiya ko‘rsatib o‘tdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы