Joriy yilning 1-mart kuni, Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh Pedagogika kolleji bilan birgalikda O’zbekiston xalq shoirasi, sadoqat va muxabbat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud kunining 109 yilligiga bag’ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida ko’rik-tanlovi tashkillashtirildi.
Tanlovni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. Tanlovda Taxiatosh pedagogika kollejida ta’lim olayotgan eng istedodli va qobiliyatli, ijodkor o’quvchi qizlar o’z-aro bellashdilar.


Tanlov uch shartdan iborat bo’lib, birinchi tanishuv shartida ishtirokchi qizlar o’zlari haqida tanishtirib, ta’lim olayotgan o’quv dargohining hayoti, orzu-maqsadlarini yoritib berishdi. Ikkinchi shart, “Men Zulfiyaxonim ijodidan xabardorman” mavzusida shoiramiz ijodidan savol-javoblar berildi, uchinchi shartta esa Zulfiya ijodidagi she’rlardan bahru-bayt bo’lib o’tdi. Shuning bilan birga, maxsus fanlar o’qituvchisi N.Nurullaeva ham ijod mahsuli bo’lgan eng sara she’rlari, parchalarni aytib yoshlarni adabiyotning sehrli olamiga oshno etdi.
Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova, Taxiatosh pedagogika kolleji bo’lim boshlig’i Z.Matyakupova, Taxiatosh pedagogika kolleji hotin-qizlar qo’mitasi raisi S.Abdullaevalar ishtirokchilarni tanlov shartlari bo’yicha baholab bordilar.

Tanlov yakunida ishtirokchi qizlar uchta nominatsiya bilan ya’ni, O.Radjapova “Eng bilimdon qiz” nominatsiyasi, F.Shamuratova “Eng zukko qiz” nominatsiyasi, G.To’reeva “Eng ijodkor qiz” nominatsiyasi bilan taqdirlandilar.

Tanlov qiziqarli va mazmunli yakunlandi.
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы