Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbek jadid adabiyotining namoyandalariga bag’ishlab «Unutilmas siymolar» mavzusida targ’ibot va tashviqot ishlari tashkillashtirildi

Joriy yilning 15-mart kuni, Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismda kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning tariximiz salnomalaridan jadidchilik deb nom olgan harakat a’zolari, ilmiy, ma’naviy, siyosiy yo‘lida harakat qilgan bobolarimizni bilish, ularning kelajak uchun qilgan harakatlarini anglash maqsadida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbek jadid adabiyotining namoyandalariga bag’ishlab «Unitilmas siymolar» mavzusida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Taqdimotga 99651-harbiy qism askarlari va harbiy qism komandirining o‘rinbosari mayor S.Xudoyarov, Axborot-kutubxona markazining Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova va Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysovalar ishtirok etdi.

Targ’ibot boshida 99651-harbiy qism komandirining o‘rinbosari mayor  S.Xudoyarov taqdimotni ochib berdi va  jadid bobolarimiz haqida ma’lumotlar aytib, ularning eng sara va hozirgi kunga qadar unutilmas ijodlari haqida aytib o‘tdi.

Taqdimotni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova olib bordi. A.Vaysova tomonidan «Unutilmas siymolar» mavzusida jadid bobolarimizga bag’ishlangan prezentatsiya ko‘rsatilib o‘tildi. Prezentatsiyada jadidning kelib chiqish tarixi, uning ma’nosi haqida shuning bilan birga, A.Avloniy, A.Qodiriy, A.Fitrat, A.Chulpon, I.Ibrat, M.Behbudiy, Munavvar Qori, G’.Zafariy bobolarimizning jadidchilik davridagi harakatlari, ularning hayot yo‘li va o‘sha davrdagi ijodlari, foliyatlari bo‘yicha ma’lumotlar prezentatsiya yordamida aytib o‘tildi.

Taqdimot so‘ngida 99651-harbiy qism komandirining o‘rinbosari mayor S.Xudoyarov taqdimot haqida fikr bildirib, Axborot-kutubxona markaziga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.