Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ájiniyaz shıǵarmalarınıń bilimdanı» mavzusida ko‘rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 29-mart kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda tumandagi barcha maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida iste’dodli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarishga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, qoraqalpoq klassik adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri, o’z davrining bilimli, buyuk mutafakkiri, badiiy so’z ustasi, qoraqalpoq xalqining ma’naviy dunyosida alohida o’rin egallagan, sevimli shoiri Ajiniyoz Qosiboy o‘g’lining 200 yilligi munosabati bilan shuningdek, Ajiniyoz asarlarini targ’ib qilish, shoirning axloqiy va ma’rifiy ma’nodagi asarlaridan namuna olish, yosh avlodning ong-sezimini o‘stirish, mavzusidagi ijodlaridan shuningdek, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Ájiniyaz shıǵarmalarınıń bilimdanı» mavzusida ko‘rik-tanlovi tashkillashtirildi.

Tanlovdan avval, yig’ilgan barcha ishtirokchilar va mehmonlar bilan birga tumandagi «Ajiniyoz» hiyoboniga sayohat uyushtirildi, Ajiniyoz haykaliga gulllar va gulchambarlar qo‘yildi, estalik uchun rasmlarga tushirildi. Undan so‘ng, tumandagi Ma’naviyat va ma’rifat markaziga tanlovni boshlash uchun yo‘l oldi.

Tanlovni Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi diretori B.Paluaniyazov kirish so‘z bilan ochib berdi va shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

Tanlov 3 shartdan iborat bo‘lib, ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlaridan aytib, she’rlarini ma’noli o‘qish va savol-javoblar shartlari bo‘yicha bellashdi.

             

Tanlovni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova olib bordi.

Tanlovda tumandagi 1-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi U.Baymuratova, Taxiatosh tumani hokimi maslahatchisi B.Perdebaeva, tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova, «Nuroniylar jamg’armasi» Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi N.Atiyazova hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdi.

Tanlovda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarga 6-sonli maktab oʻquvchisi Tursunbayeva Madinaga “Dilwarlıq bilimdanı”, 11-sonli maktab oʻquvchisi Atashova Aylarga  “Sheshenlik bilimdanı”, 2-sonli maktab oʻquvchisi Allayarova Sevaraga  “Sulıw sózdiń bilimdanı”, 7-sonli maktab oʻquvchisi Kurbanbayeva Sevinchga “Tańlaw belsendi qatnasıwshısı”, 4-sonli maktab oʻquvchisi Jolgosbayeva Gulzarga “Aǵla qatnasıwshı” nominaciyalari berildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni 8-sonli maktab o‘quvchisi Aytmuratova Aziza, 2-o‘rinni 12-sonli maktab o‘quvchisi Qlicheva Nurgul, 3-o‘rinni 3-sonli maktab o‘quvchisi Seytnazarova Ayzadalar egallab ularga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan dimlom topshirildi.

Tanlovdagi barcha ishtirokchilar diplom va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi.