Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Chekka hududlardagi yoshlarning mutolaa madaniyatini targ’ib qilish maqsadida “Kitobsevar millat”  mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 2-aprel kuni, Axborot-kutubxona markazi Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova tomonidan tumanimizda joylashgan chekka hududlardagi yoshlarning kitob o’qishni targ’ib qilish maqsadida Maktabgacha  va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 10-sonli maktabda “Kitobsevar millat” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatda 10-sonli maktabning Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Qurbanov, kutubxonachisi Sh.Raxmanova  va maktabning 7-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.

D.Utemuratova tomonidan kitob – zamonlar toʻlqinida suzuvchi, oʻzidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasi ekanligini, uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga roʻshnolik kiritib, ezgu tuygʻularni uygʻotmoqqa qodir ekanligini, shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida, xususan maktablar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga asosiy e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Suhbat so‘ngida D.Utemuratova tomonidan o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.