Joriy yilning 2-aprel kuni, tumandagi Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabning boshlang’ish sinif oꞌquvchilari tomonidan kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.
Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan maktab oꞌquvchilariga kutubxonamiz xizmatlari va kutubxonamiz fondida mavjud adabiyotlar, ertak kitoblar, naql –maqollar va baadiy kitoblar haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, kutubxonadagi gazeta-jurnallar haqida ham maꞌlumotlar berib oꞌtildi. Shuning bilan birga, kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanishi, kitob bilan oshno bo’lgan bola yaxshi inson bo‘lib ulg’ayishi, saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, hayotida o‘z o’rni bo’lishi, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayishi, hayotga munosabati oʻzgarishi, ularning barchasi kitob yordamida shakllanishini aytib oꞌtildi.

Maktab kutubxonachisi A.Xasanova oꞌquvchilarga O.Quvvatovning “Olimjonning sarguzashtlari” kitobini o’qib berdi.

Sayohat so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga N.Mamutova tomonidan javoblar oldi. Undan so‘ng, o‘quvchilar kutubxonaga a’zo bo‘ldi va kutubxonani sayohat qilib, kitoblar bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы