Joriy yilning 2-aprel kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi B.Yusupova tomonidan 2-aprel «Xalqaro bolalarga kitob berish kuni» munosabati bilan yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda yosh kitobxonlar bilan birgalikda “Kitobim-oftobim” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suxbatda 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva va 5-sinf o’quvchilari ishtirok etdi.
B.Yusupova tomonidan Axborot-kutubxona markazidagi kitoblar haqida ma’lumot berilib o‘tildi va hozirgi kundagi yoshlarning kitobxonlikka qiziqishi ortib borayotganligi haqida, ertakni qayta-qayta o‘qib, ertakdagi quyon orqali tezlikni, soat orqali vaqtni behuda o‘tkazmaslikni, mushuk xatti-harakatlari esa yaxshiliklarni mo‘jiza kabi amalga oshirishini, yovuzlik malikasining qilmishlari esa hammani yomonliklardan extiyot bo‘lishga chaqirishini, bolalar uchun bu hayot faqat o‘yin-kulgi, qahqahadan iborat emas, o‘qish, izlanish kerakligi aytib o’tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы