Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

7-aprel «Xalqaro salomatlik kuni» munosabati bilan uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 5-aprel kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 10-sonli maktabda 7-aprel «Xalqaro salomatlik kuni» munosabati bilan uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Uchrashuvda Taxiatosh tumani Ko‘p tarmoqli poliklinika tomonidan biriktirilgan hamshira Q.Saparbaeva va 10-sonli maktab 6-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.

A.To’reniyazova tomonidan  salomatlik — nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati ekanligi aytib o‘tildi, undan so‘ng,  Q.Saparbaeva o’quvchilarga birinchi yordamni qanday ko’rsatish kerakligi haqida amaliy ko’nikmalar berib o’tdi.

Uchrashuv kechasi mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.