Joriy yilning 9-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 9-aprel «Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni»ga 31 yil to’lishi munosabati bilan «Elimizdiń rawajlanıwınıń huqıqıy tiykarı» mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.
Kechaga tumandagi Maktabgacha va maktab taꞌlimi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning tarix fani o’qituvchisi N.Qutibaeva, maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova va 4-sonli maktabning 8-9 sinf kitobxon o’quvchilari, maktab kutubxonachisi A.Redjepova ishtirok etdi.
Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati rahbari A.Toreniyazova yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab o‘tdi. 1-sonli maktabning tarix fani o’qituvchisi R.Qutlimuratova o’quvchilarga inson qadri har qanday narsalardan ustuvorligi, uning huquqi va erkinliklari, milatlar aro totuvlik, fuqoralar tincligi va yahshi turmush bilan taminlash, Konstitutsiyada belgilab qoyilganligi haqida aytib o’tdi.
Suxbat davomida o’quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы