Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temurning tavallud kuni munosabati bilan “Amir Temur izdoshlari” mavzusida  zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 9-aprel kuni, Taxiatosh tumani Ixtisosolashtirilgan maktab bilan birgalikda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  mutaxassisi B.Yusupova tomonidan 9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temurning tavallud kunigа 688 yil to‘lishi munosabati bilan “Amir Temur izdoshlari” mavzusida va maktabning iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilim salohiyatini oshirish, ularni intellektual o’yinlarga keng jalb qilish maqsadida kitobxon yoshlar o’rtasida Amir Temur hayotiga bog’liq  mavzudagi savol-javoblardan iborat “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Bunda, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning 8-9-10-sinf kitobxon o’quvchilaridan tarkib topgan  beshta  jamoalar o’z-aro bellashdilar.     “Zakovat” intellektual o’yinidagi ishtirokchi jamoalar bellashuvini Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisi D.Xalbaeva  baholab bordi.

“Zakovat” intellektual o’yini jami 20 ta savoldan tuzilgan bo‘lib, unda yuqori ballarni to‘plagan “10 a-sinf ” jamoasi 1-o’rinni, “8 a-sinf ”jamaosi  2-o’rinni  va “8 b2-sinf” jamaosi 3-o’rinni egalladilar.

G’olib jamaolar Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Diplom» bilan taqdirlandi.