Joriy yilning 9-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan O’zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o’zbekona sharm-hayo meyorlarini targ’ib qilish, kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Barkamol avlod» bolalar maktabida «Xon atlas» festivali bo’yicha “Xon atlasim- mening g’ururim” mavzusida “Bichish-tikish” to‘garagiga sayohat tashkillashtirildi.

Bunda, Axborot-kutubxona markazining kitobxonlariga atlas va adrasning tarixi va turlari haqida atlas, adras, beqasam va boshqa betakror milliy matolardan tikilgan liboslarda va milliy aksessuarlarda kiyishga va tikishga chorlash haqida «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Bichish-tikish” to‘garagi rahbari M.Xojalepisova tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi. Shuning bilan birga, milliy matolarimizdan ko‘ylak andozalari olinib, tikish yo‘llari ko‘rsatilib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы