Joriy yilning 13-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani 99651-sonli harbiy qismi bilan hamkorlikda «Zakovat-intelektual o’yini» tashkillashtirildi.
Zakovat o’yini Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan olib borildi. Bellashuvni 99661-sonli harbiy qism vzvod komandiri o’rinbosari B.Buxariev ochib berdi. Hay’at a’zolari sifatida Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova, 99661-sonli harbiy qism vzvod komandiri o’rinbosari B.Buxariev ishtirok etdi.
Zakovat o’yinida «Lochinlar», «Jangchilar», «Temuriylar», «Posponlar», «AKP 24», «Specnaz» jamoalari ishtirok etdi.
Hakamlar hay’atining baholash natijasiga ko’ra, to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni «Temuriylarshlar» jamoasi, ikkinchi o’rinni «Lochinlar» jamoasi va uchinchi o’rinni «Posponlar » jamoalari egalladilar va diplom bilan taqdirlandi. Shuning bilan birga, Zakovat o’yinini tashkil etish va o’yinni faol va mazmunli olib borganligi uchun 99651-sonli harbiy qismi tomonidan Axborot-kutubxona markaziga minnatdorchilik bildirildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы